Math Club Uzbekistan

Ushbu kanalning ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — bugungi kunda yosh bolalardan tortib, katta yoshdagilargacha tobora ko‘proq qamrab olayotgan, insonni tafakkurdan yiroqlashtiradigan, vaqtni behuda sarflovchi mazmunsiz kontentlarga qarshi oz bo‘lsa-da ilm va ma’rifat ulashishdir. Kanalim orqali savollar, qiziqarli faktlar hamda video darsliklar yordamida insonlarni fikrlashga, izlanishga va o‘rganishga undashga harakat qilaman. Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi, tafakkur doirasini kengaytirishi va mustahkam intellektual poydevorga ega bo‘lishi men uchun ustuvor vazifadir.
Shu tariqa, ilmli, ongli va faol jamiyat sari kichik bo‘lsa-da barqaror qadam qo‘yishni maqsad qilganman.