Ushbu kanalning ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — bugungi kunda yosh bolalardan tortib, katta yoshdagilargacha tobora ko‘proq qamrab olayotgan, insonni tafakkurdan yiroqlashtiradigan, vaqtni behuda sarflovchi mazmunsiz kontentlarga qarshi oz bo‘lsa-da ilm va ma’rifat ulashishdir. Kanalim orqali savollar, qiziqarli faktlar hamda video darsliklar yordamida insonlarni fikrlashga, izlanishga va o‘rganishga undashga harakat qilaman. Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi, tafakkur doirasini kengaytirishi va mustahkam intellektual poydevorga ega bo‘lishi men uchun ustuvor vazifadir.
Shu tariqa, ilmli, ongli va faol jamiyat sari kichik bo‘lsa-da barqaror qadam qo‘yishni maqsad qilganman.
Math Club Uzbekistan
Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Ko'pchilikga manfaatli bo'lsa kerak degan umidda bir ish boshlamoqchiman. Maktab darsligi sifatida qo'llaniladigan 5-sinfdan boshlab matematika kitobini boshidan oxirigacha mavzularini tushintirgan holatda barcha misol va masalalarini yechib mavzulashtirilgan video darslik tayyorlashni rejalashtirdim. Sizlar nima deb o'ylaysizlar? Bu yaxshi g'oyami? Ishni boshlayveraymi? Agar ko'pchilik maqullasa Xudo xoxlasa ertadan bu ishga kirishaman va kuniga bitta mavzuni tushintirgan holatda misol va masalarini yechib video darsligni youtube tarmoqiga joylab boraman. Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa youtube izohlarida yoki telegram gruhda berishingiz mumkin bo'ladi. Youtube va telegram uchun linklar profil tavsifi (description, описание) da ko'rishingiz mumkin. Bu menimcha ta'til davridagi o'quvchilarga, maktab davrida ayrim sabablarga ko'ra darsni o'tkazib yuborgan o'quvchilarga, mustaqil o'rganuvchilarga, qolaversa ustozlarga ham foydali bo'lsa kerak degan umiddaman. Iltimos sizlar ham o'z fikirlaringizni bildirsangizlar.
2 months ago | [YT] | 9
View 6 replies