Migrant UZ

🔴 Piterda o‘zbekistonlik haydovchi politsiyachini urib ketdi

📰 Xabarga ko‘ra, 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash aybi qo‘yilmoqda. Hodisa Losmanskaya ko‘chasi va Repin maydoni chorrahasida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, migrant Exeed avtomobili rulida bo‘lgan va politsiya xodimining to‘xtash haqidagi talabini bajarmay, ataylab uni mashinasi bilan urib ketgan.

🚑 Hodisa oqibatida politsiyachining qo‘li jarohatlangan.

👮‍♂️ Ayblanuvchi o‘sha kuniyoq qo‘lga olingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avvalroq 78.ru maxsus ravishda politsiya xodimini urib ketgan peterburglikka bor-yo‘g‘i 40 ming rubl jarima tayinlangani haqida yozgan edi.

5 days ago | [YT] | 28