👩🎓Amaliy psixolog 2-kurs
💕Hayotingizni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun bir qadam tashlang!
🎙️ Psixologiya, motivatsiya va shaxsiy rivojlanishga oid hikoyalar.
💡 Psixologik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha oddiy va samarali maslahatlar.
📚 Kitob tavsiyalari va foydali xulosalar orqali ilhom oling!
Kanalimni kuzatib boring va o‘zingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf eting!✨❤️
Ijodxonova.N
Emotsiya va motivatsiya o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular shaxs faoliyati va xulq-atvorini boshqarishda bir-birini to‘ldiradi.Avvalo, motivatsiya shaxsni muayyan faoliyatga undovchi ichki sabablar, ehtiyojlar va maqsadlar tizimidir. Emotsiya esa shu ehtiyoj va motivlarning qondirilishi yoki qondirilmasligiga nisbatan yuzaga keladigan hissiy munosabatdir.
Emotsiyaning motivatsiyadagi roli:
• Emotsiyalar motivlarning kuchayishiga yoki susayishiga ta’sir qiladi. Masalan, muvaffaqiyatdan quvonch olish faoliyatni davom ettirish istagini kuchaytiradi.
• Salbiy emotsiyalar (hafsalasi pir bo‘lish, xavotir) esa motivatsiyani pasaytirishi yoki uni qayta yo‘naltirishi mumkin.
• Emotsiyalar shaxsga vaziyatning subyektiv ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Motivatsiyaning emotsiyaga ta’siri:
• Kuchli motiv mavjud bo‘lsa, unga bog‘liq emotsiyalar ham kuchli bo‘ladi (masalan, muhim imtihon oldidan hayajon).
• Maqsad qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, unga erishish jarayonidagi emotsional kechinmalar shunchalik intensiv bo‘ladi.
Psixolog P.V. Simonovga ko‘ra, emotsiya — bu ehtiyoj va uni qondirish imkoniyati o‘rtasidagi nisbatning aksidir. Ya’ni ehtiyoj (motiv) mavjud bo‘lmasa, emotsiya ham yuzaga kelmaydi.
Xulosa:Emotsiya va motivatsiya bir-birini shakllantiruvchi va boshqaruvchi jarayonlardir. Motivatsiya faoliyatning yo‘nalishini belgilasa, emotsiya uning borishi va natijasini baholaydi hamda shaxsni keyingi harakatlarga undaydi.
3 weeks ago | [YT] | 1
View 0 replies
Ijodxonova.N
🧠 Xarakterning yoshga oid rivojlanishi
Xarakter — bu insonning atrof-muhitga munosabati, odatdagi xulq-atvori va hayotga bo‘lgan qarashlarida namoyon bo‘ladigan barqaror psixologik sifatlar majmuidir. Xarakter tug‘ma bo‘lmaydi, u tarbiya, ijtimoiy muhit, shaxsiy tajriba va faoliyat jarayonida yoshga qarab bosqichma-bosqich shakllanadi.
👶 Erta bolalik (0–3 yosh)
Bu davrda bolaning dunyoga bo‘lgan ishonchi shakllanadi. Agar bola o‘z vaqtida ovqatlantirilsa, parvarish qilinsa, mehr va e’tibor ko‘rsa, unda xavfsizlik va ishonch hissi paydo bo‘ladi.
🔹 Misol: Onasi chaqalog‘iga tez-tez mehr ko‘rsatsa, bola tinch, kam yig‘laydigan va keyinchalik odamlar bilan oson muloqot qiladigan bo‘lib ulg‘ayadi.
🧸 Maktabgacha davr (3–6 yosh)
Bola “men o‘zim” deb harakat qila boshlaydi. Tashabbus ko‘rsatishga intiladi, savollar beradi, o‘yinlar orqali o‘zini namoyon etadi. Agar kattalar uni qo‘llab-quvvatlasa, bolada dadillik, faollik va mustaqillik shakllanadi.
🔹 Misol: Rasm chizayotgan bolani maqtagan ota-ona unda o‘ziga ishonch va ijodkorlikni rivojlantiradi.
📚 Maktab davri (7–11 yosh)
Bu davrda ta’lim yetakchi faoliyatga aylanadi. Bola o‘zini tengdoshlari bilan solishtira boshlaydi. Muvaffaqiyatli tajribalar mas’uliyat, intizom va mehnatsevarlikni shakllantiradi.
🔹 Misol: Uy vazifalarini muntazam bajaradigan bola vaqti kelib ishga ham mas’uliyat bilan yondashadi.
🔥 O‘smirlik davri (12–18 yosh)
Bu xarakter rivojlanishidagi eng murakkab bosqich. Mustaqillikka intilish kuchayadi, hissiyotlar keskinlashadi. O‘smir o‘z “Men”ini izlaydi, tanqidga juda sezgir bo‘ladi.
🔹 Misol: O‘qituvchi tanqid qilganda keskin reaksiya bildiradigan o‘smir aslida o‘zini tushunishga va tan olinishiga muhtoj bo‘ladi.
🎓 Yoshlik (18–25 yosh)
Xarakter asta-sekin barqarorlashadi. Shaxs hayotiy yo‘lini tanlaydi: kasb, maqsad, munosabatlar. Bu davrda iroda, qat’iyat va mustaqil qaror qabul qilish rivojlanadi.
🔹 Misol: O‘zi xohlagan kasbni tanlab, qiyinchiliklarga qaramay o‘qishni davom ettirgan yosh maqsadga intiluvchan bo‘lib shakllanadi.
💼 Yetuklik davri (25–60 yosh)
Xarakter to‘liq shakllangan bo‘ladi. Inson oilada, ishda va jamiyatda o‘z mas’uliyatini chuqur his qiladi. Sabr, barqarorlik, ijtimoiy javobgarlik kuchayadi.
🔹 Misol: Oilasi va ishida muvozanatni saqlay olgan inson vazmin va ishonchli bo‘lib taniladi.
🌅 Keksalik (60 yoshdan keyin)
Inson o‘z hayotiga baho beradi. Agar hayotidan qoniqsa — xotirjamlik va donolik, aks holda esa norozilik va befarqlik paydo bo‘lishi mumkin.
🔹 Misol: Tajribasini yoshlarga o‘rgatadigan keksalar bag‘rikeng va mulohazali bo‘ladi.
✨ Xulosa
Xarakter butun umr davomida shakllanadi va takomillashadi. Har bir yosh davri — shaxs rivoji uchun muhim imkoniyatdir. To‘g‘ri tarbiya, sog‘lom muhit va ijobiy munosabat barkamol xarakter poydevoridir.
1 month ago | [YT] | 1
View 0 replies
Ijodxonova.N
Orzu nima?😍
Orzu — bu inson ongida kelajak haqida paydo bo‘ladigan ijobiy tasavvurlar, intilishlar va istaklar yig‘indisi. Orzu — bu hali amalga oshmagan, lekin amalga oshishini inson chin dildan xohlovchi ichki tasavvur.✨❤️
Davomi rasmlarda 👇🏻
11 months ago | [YT] | 3
View 0 replies
Ijodxonova.N
Assalomu alaykum!Boshlangan kun xayrli va barokatli o’tsin…🤍💕
Go‘zallik faqat tashqi ko‘rinishda emas, qalbda, so‘zlarda va amallarda ham namoyon bo‘ladi. Chiroyli yurak, samimiy tabassum va pok niyat – haqiqiy go‘zallikdir! ✨❤️
11 months ago | [YT] | 2
View 0 replies
Ijodxonova.N
Assalomu alaykum.Dam olish kuningiz fayzli o’tsin😘❤️Man maqsad daftar tutishni unga o’z rejalarimni yozishni sevaman.✍️🤍Siz ham kundalik hayotdan olgan xulosa va fikrlaringizni daftarga qayd qilishni yoqtirasizmi?📝❤️
Psixologiya-inson ruhiyatining sirli bog’i🌱
1 year ago | [YT] | 3
View 0 replies
Ijodxonova.N
Eng qulay vaqt hech qachon kelmaydi. Siz har doim yo juda yosh bo‘lasiz, yo juda qari, yo juda band, yo juda toliqqan, yo yana biror narsa.
Agar siz doimo eng qulay vaqtni tanlash borasida tashvish qilsangiz, u vaqt hech qachon kelmaydi.
Shuning uchun hozirdan rejalashtirgan ishingizni qilishni boshlang.Chunki vaqt kutib turmaydi u uchadi🕰️✨
1 year ago | [YT] | 3
View 0 replies
Ijodxonova.N
Orzularni amalga oshish siri haqida bilasizmi?
Men bilganlarim esa shulardan iborat:
•O’zingizni eng zo’ri deb hisoblashda;🫀
•Birovlarda ko’rib havas qilishda;😍
•O’zingizda bor narsalar uchun Allohga shukr qilishda;🤲🏻
•Tinimsiz va to’xtovsiz orzuyingiz uchun harakat qilishingizda;☺️
•Va oxirgisi hayotingizda qalbingiz istagan xohishlarni ya’ni orzular amalga oshishiga ishonishdadir…🥹❤️
Yana nimalar qolib ketdi izohlarda yozib qoldiring?!😄💞
1 year ago (edited) | [YT] | 3
View 0 replies
Ijodxonova.N
Aql bilish uchun,koʻngil topish uchundir.
Bilishni xohlasang oʻyla,topmoqchi boʻlsang his qil.
Zero, izlaganing ham,topadiganing ham ichingdir...🫶
-Fotih Duman. ,,Sir"
Siz yoqtirgan kitobdan parcha yozib qoldiring 💭📖
1 year ago (edited) | [YT] | 3
View 0 replies
Ijodxonova.N
Assalomu alaykum hammaga!O’qishim tufayli video qo’yishga vaqtim bo’lmadi😔Hozir esa man talabalik baxtiga erishdim👩🎓Bugundan boshlab kanalimda faol bo’laman.Mani kuzatishda davom eting😊❤️
1 year ago (edited) | [YT] | 3
View 0 replies