DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI



DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#ZiyoMaskani
#BahorTarovati
#Obodonlashtirish
#DangaraAKM
#KutubxonaHayoti 📚
🌹💐🪷🌺🌸🌼🌻🌞💐☘🍀
Ziyo maskanida bahor tarovatini his eting! 🌸🤗🥰🥳🥳🥳
Kutubxonamizda hashar ishlari yakunlanib, ziyo maskanimiz hududiga chiroyli gullar ekilib, atrof yanada fayzli va ko‘rkam tus oldi. Tabiatning go‘zal nafasi bilan kitob maskanimiz yanada yashnab, tashrif buyuruvchilar uchun iliq va ilhom bag‘ishlovchi muhit yaratildi. 🌹💐🌸🌺

5 months ago | [YT] | 4

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#KIDS_AKADEMY
✨ Bugun Dang‘ara tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari 🌺8-mart — Xalqaro xotin-qizlar 🌸kuni munosabati bilan “Kids Academy” nomli maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Onajonlar — hayotimiz quyoshi” nomli bayram tadbirida ishtirok etdilar.🥰🌹💐

Tadbir davomida jajji bolajonlar o‘zlarining aziz onajonlari va ustozlarini bayram bilan tabriklab, she’rlar aytdilar, qo‘shiqlar kuyladilar hamda qiziqarli raqslar ijro etdilar. Har bir chiqish mehr, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ulariga boy bo‘ldi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha onajonlarga quvonch ulashdi. Bolajonlarning beg‘ubor tabassumi va samimiy tilaklari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Fursatdan foydalanib, barcha onajonlarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va cheksiz mehr tilaymiz. 💐🌷📚

5 months ago | [YT] | 1

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#Ertak_terapiya🥰📚🥳


📚📕📚Bugun Dang‘ara axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 👬👭10-DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ertak terapiya asosida ovozli o‘qish mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida bolalarga ertaklar ifodali va jonli tarzda o‘qib berildi hamda qahramonlar xatti-harakatlari orqali yaxshilik, do‘stlik va halollik kabi fazilatlar tushuntirildi.
📖📚Ertak terapiya bolalarning tasavvurini boyitish, nutqini rivojlantirish va ijobiy his-tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qildi. Mashg‘ulot yakunida tarbiyalanuvchilar ertak qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar va faol ishtirok etdilar.

6 months ago | [YT] | 2

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#Moviy_jamadon_tashrifi📚📖👩‍🏫
Bugun Dangʻara  axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xodjayeva Munojatxon tomonidan  Dangʻara tumani Uvaysiy MFYda joylashgan IIB Probatsiya xizmatida tashkil etilgan koʻchma kutubxona shartnomasi yangilandi.

📖  Tashrif davomida hamkorlik shartnomasi yangilanib, badiiy maʼnaviy - maʼrifiy hamda hayotiy tajribani boyituvchi adabiyotlar taqdim etildi.

✨ Kitob insonning eng yaqin doʻsti va hayotiy tajriba manbaidir.Oʻqilgan har-bir kitob insonning dunyoqarashini kengaytiradi.
Fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va maʼnaviy olamini boyitadi.

6 months ago | [YT] | 4

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

🎉🎶 E-HE-HE-HEY, AZIZ KITOBXONLAR HAMDA IJODKOR YOSHLAR! 🎶🎉
📜✨ “G‘AZAL OHANGI” ✨📜
📖 Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga
📱 onlayn videoroliklar tanlovi
📣🔥 E'LON QILINADI! 🔥📣
🌟 Buyuk mutafakkirlar —
👤 Alisher Navoiy
👤 Zahiriddin Muhammad Bobur
ijodiga ehtirom sifatida yoshlar o‘rtasida “G‘azal ohangi” tanlovi tashkil etiladi.
🎤🎬 Tanlov sharti:
📖 Navoiy yoki Bobur g‘azallaridan birini yoddan,
🗣️ ifodali tarzda o‘zingiz aytib,
📹 video ko‘rinishida taqdim eting.
👥🧑‍🎓 Ishtirokchilar:
🔞 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
📹⚙️ Talablar:
✅ Vertikal yoki gorizontal video
✅ G‘azalni o‘zingiz ijro etgan bo‘lishingiz shart
✅ Ovoz va tasvir aniq va ravon bo‘lishi lozim.
Tayyorlagan videoroliklaringizni @dangara19akm profiliga yuboring.
🏆🥇 G‘oliblar
👩‍⚖️ Hay’atlar tomonidan aniqlanadi.
🎁 Munosib taqdirlanadi
📌⏰ Eslatma:
📤 Videoroliklar 13.01.2026 yil kuniga qadar qabul qilinadi.
📚💫 G‘azal — qalb ohangi, so‘z — tafakkur oynasi.
🤍 Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!

6 months ago | [YT] | 1

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#Yosh_kitobxonlar_klubi 📖👬👭👫
Dangʻara tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Muhammadjonova Zarnigorxon tomonidan “Yosh kitobxonlar klubi”ning navbatdagi mashgʻuloti tumanda joylashgan 4-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida kutubxona xodimi jajji kitobxonlar bilan turli xil rasmli lugʻatlar asosida bolajonlarning soʻz boyligini oshirish, nutqini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.📗🧠📚👦🏻
Shuningdek, bolajonlar oʻzlari yod olgan Vatan haqidagi sheʼrlarini ifodali tarzda aytib berib, ona yurtga boʻlgan mehr va muhabbatlarini namoyon etdilar. Qiziqarli savol-javoblar va tarbiyaviy oʻyinlar esa mashgʻulotni yanada mazmunli va qiziqarli oʻtishiga xizmat qildi.👩🏻🌞🧸

7 months ago | [YT] | 4

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

#jarayon
📚 Dang‘ara axborot-kutubxona markazida raqamlashtirish ishlari davom etmoqda
Kitobxonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Dang‘ara axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bo‘limi xodimlari tomonidan fondimizdagi adabiyotlar bosqichma-bosqich skanerlanib, elektron shaklga o‘tkazilmoqda.
Bu esa foydalanuvchilarni kitoblardan masofadan turib foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

📌 Raqamli kutubxona — bilimga eltuvchi qulay va zamonaviy yo‘l!

7 months ago | [YT] | 2

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

📚✨ Adabiyotga oshno qalblar uchun📚📖📲
Bugun Dangʻara axborot-kutubxona markazida kutubxona mutaxassisi Xodjayeva Munojatxon tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “Anvar Obidjon — serqirra ijodkor” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
🖋️ Tadbir davomida adibning hayot yoʻli, boy ijodiy merosi hamda yozgan asarlari yuzasidan mazmunli va samimiy suhbatlar olib borildi. Kitobxonlar Anvar Obidjon asarlarining bugungi kunda yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik va insoniylik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ta’kidlab oʻtdilar.📖
👉 Bunday adabiy uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni mutolaaga yanada kengroq jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

7 months ago | [YT] | 3

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

📚✨ #Kutubxona_nurxona 🤓💡
🌟 Dangʻara axborot-kutubxona markazimizda kitobxonlar soni kundan-kunga ortib bormoqda! 📈😊

📖 Kutubxona bu faqat kitob oʻqiladigan joy emas, balki nur sochadigan makon, maʼnaviyat va bilim maskani. 👨‍🏫💫

9 months ago | [YT] | 2

DANG'ARA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

🇺🇿 #Vatan_bayrog‘i

🎉 Bugun Dang‘ara axborot-kutubxona markazida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan
Qo‘qon Davlat Universiteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida
✨ "BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ" ✨
nomi ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

👩‍💼 Tadbirni Dang‘ara axborot-kutubxona markazi direktori Sayyoraxon Ernazarova ochib berdi.

📚🎤 Tadbir davomida talabalar tomonidan bayroqni madh etuvchi she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

🏆 "ENG FAOL KITOBXON" onlayn tanlovida g‘olib bo‘lgan kitobxonlar esa
kutubxona tomonidan Faxriy yorliq 🏅 va esdalik sovg‘alari 🎁 bilan taqdirlandilar.

🇺🇿✨ Vatan bayrog‘i — faxrimiz, g‘ururimiz!

9 months ago | [YT] | 3