Lina nafasini rostlay olmay yugurardi. — Bu odamlar kim edi?.. — dedi u pichirlab. Nihoyat uyiga yetib keldi.
Ammo deraza yoniga kelganda, ko'chaning narigi tomonida turgan qora mashinani ko'rdi. Mashina ichida kimdir unga tikilib o'tirardi.
Lina darhol pardani yopdi.
Shu payt... Reynning qarorgohi. — Boss, qiz haqida ma'lumot topdik, — dedi yordamchisi.
Reyn hujjatni qo'liga oldi. — Ismi? — Lina. 17 yosh. Maktab o'quvchisi. Hech qanday jinoyatga aloqasi yo'q.
Reyn bir necha soniya suratga tikildi. — Demak... u oddiy qiz. — Uni kuzatishda davom etamizmi? Reyn hujjatni stolga qo'ydi.
— Ha. Lekin bir narsani yodingizda tuting... — Nima, boss? — Hech kim unga zarar yetkazmaydi.Agar uni bir tola sochi to'kilsa sog' qo'ymiman!!! — Tushunarli.
Ertasi kuni... Lina maktabga ketayotganida, kimdir ortidan kelayotganini sezdi. U ortiga qaradi. Hech kim. Yana yurdi. Yana qadam tovushlari...
Bu safar u to'xtadi. Ko'chaning narigi tomonida qora kiyimdagi notanish odam turardi.
U qulog'idagi aloqa vositasiga sekin gapirdi: — Boss... nishon harakatda. Lina esa uning aynan o'zini kuzatayotganini hali anglamagandi.
Miss Zucy
It's my birthday💌
5 days ago | [YT] | 5
View 9 replies
Miss Zucy
~Qon va Soya~
4-epizod:
Ertasi kuni...
Lina odatdagidek maktabga keldi.
Partasiga o'tirganda, kitobi orasidan oq konvert chiqib qoldi.
U hayron bo'lib konvertni ochdi.
Ichida faqat bitta jumla yozilgan edi.
"MEN XAVFLI ODAMMAN...AMMO SEN UCHUN EMAS"
Linaning yuragi tez ura boshladi.
— Kim yozdi buni?..
U darhol sinfdoshlariga qaradi.
— Buni kim qo'ydi?
Hech kim hech narsa bilmasdi.
Shu payt...
Shaharning boshqa chekkasida.
Reyn o'z kabinetida o'tirardi.
Uning oldida qora kostyumdagi sodiq odami turardi.
— Boss, xat yetkazildi.
Reyn derazadan tashqariga qarab turardi.
— U o'qidimi?
— Ha.
Reyn sekin jilmaydi.
— Yaxshi...
— Keyingi buyruq?
— Uni kuzatishda davom et. Lekin u seni sezmasin.
— Tushunarli, boss.
Dars tugagach...
Lina maktab hovlisidan chiqdi.
Qo'lida hali ham o'sha xat bor edi.
U yana bir marta o'qidi.
"MEN XAVFLI ODAMMAN...AMMO SEN UCHUN EMAS"
Lina beixtiyor jilmayib qo'ydi.
— G'alati odam ekan...
U xatni ehtiyotkorlik bilan daftarining orasiga qo'ydi.
U hali bilmasdi...
Bu xat uning hayotini o'zgartiradigan voqealarning boshlanishi edi.
Davomi bor...🕯️
Keyingi episode 40 ta pp bo'gandan keyin!!!
6 days ago (edited) | [YT] | 3
View 0 replies
Miss Zucy
~Qon va Soya~
3-epizod:
Ertasi kuni...
Lina maktabdan chiqib, sevimli kitob do'koniga kirdi.
Yangi romanlarni tomosha qilib yurganida, yuqori tokchadagi kitobni olmoqchi bo'ldi.
Ammo qo'li yetmadi.
Shu payt uning yonida qora qo'lqop kiygan bir yigit kitobni olib, javonga qo'ydi.
Lina "rahmat" aytish uchun burildi.
Ammo yigit allaqachon uzoqlashib ketayotgandi.
— G'alati ekan... — dedi Lina o'zicha.
U yigitning yuzini ham aniq ko'ra olmadi.
Do'konning tashqarisida...
Qora mashina ichida Reyn o'tirardi.
U kitob do'koni eshigi tomonga qarab turardi.
— Boss, yaqinlashasizmi? — deb so'radi haydovchi.
Reyn boshini chayqadi.
— Yo'q.
— Nega?
— Hali vaqti emas.
Mashina sekin joyidan qo'zg'aldi.
Lina esa do'kondan chiqib, osmonga qaradi.
Negadir yuragi g'alati hayajon bilan urardi.
U bilmasdi...
Kimdir uni uzoqdan kuzatayotgan edi.
Davomi bor...🕯️
Keyingi episode koment va pp dan keyin!!!
1 week ago | [YT] | 4
View 0 replies
Miss Zucy
Fandom nomi |ANGELS|⚜️
Angels" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tilida "farishtalar" degan ma'noni anglatadi.
1 week ago | [YT] | 4
View 1 reply
Miss Zucy
~Qon va Soya~
2-epizod:
Lina nafasini rostlay olmay yugurardi.
— Bu odamlar kim edi?.. — dedi u pichirlab.
Nihoyat uyiga yetib keldi.
Ammo deraza yoniga kelganda, ko'chaning narigi tomonida turgan qora mashinani ko'rdi.
Mashina ichida kimdir unga tikilib o'tirardi.
Lina darhol pardani yopdi.
Shu payt...
Reynning qarorgohi.
— Boss, qiz haqida ma'lumot topdik, — dedi yordamchisi.
Reyn hujjatni qo'liga oldi.
— Ismi?
— Lina. 17 yosh. Maktab o'quvchisi. Hech qanday jinoyatga aloqasi yo'q.
Reyn bir necha soniya suratga tikildi.
— Demak... u oddiy qiz.
— Uni kuzatishda davom etamizmi?
Reyn hujjatni stolga qo'ydi.
— Ha. Lekin bir narsani yodingizda tuting...
— Nima, boss?
— Hech kim unga zarar yetkazmaydi.Agar uni bir tola sochi to'kilsa sog' qo'ymiman!!!
— Tushunarli.
Ertasi kuni...
Lina maktabga ketayotganida, kimdir ortidan kelayotganini sezdi.
U ortiga qaradi.
Hech kim.
Yana yurdi.
Yana qadam tovushlari...
Bu safar u to'xtadi.
Ko'chaning narigi tomonida qora kiyimdagi notanish odam turardi.
U qulog'idagi aloqa vositasiga sekin gapirdi:
— Boss... nishon harakatda.
Lina esa uning aynan o'zini kuzatayotganini hali anglamagandi.
Davomi bor...🕯️
Keyingi episode koment va pp dan keyin!!
1 week ago (edited) | [YT] | 4
View 1 reply
Miss Zucy
~Qon va Soya~
1-epizod:
TUN...
Shaharning eng chekkasidagi eski ombor.
Qora mashinalar birin-ketin to'xtadi.
Eshik ochildi.
Qora kostyumdagi yigit mashinadan tushdi.
Bu — Reyn.
Shahardagi eng xavfli mafiya oilasining yosh rahbari.
— Hammasi tayyormi? — dedi u sovuq ovozda.
— Ha, boss.
Reyn ombor ichiga kirdi.
Bir necha daqiqadan so'ng...
BANG!
O'q ovozi tun sukunatini buzdi.
Shu paytda darsdan qaytayotgan Lina* qo'rqib to'xtadi.
— Bu qanday ovoz?..
Qiziqishi ustun kelib, u ombor tomon sekin yurdi.
Eshikning ozgina ochiq joyidan ichkariga qaradi.
Ichkarida qora kostyumli odamlar saf tortib turardi.
O'rtada esa Reyn.
Uning sovuq nigohi bir zumda Lina tomonga burildi.
Ular ko'z urishtirishdi.
Bir soniya...
Ikki soniya...
Reyn sekin jilmaydi.
— U meni ko'rdi.
Yonidagi odamlar darhol qurollarini ushlashdi.
— Boss, uni ushlaylikmi?
Reyn bir necha soniya sukut saqladi.
— Yo'q...
— Nega?
-Reyn ko'zlarini qorong'ilikka qadadi.
— Qochgan odamni topish osonroq bo'ladi.
Lina qo'rquv ichida ortiga burilib yugura boshladi.
Ammo u bilmasdi...
Shu kechadan boshlab uning hayoti butunlay o'zgarishi mumkin edi.
Davomi bor...🕯️
1 week ago | [YT] | 6
View 1 reply
Miss Zucy
Yangili bilan keldim❗
⚠️ Ogohlantirish! Bu safar oddiy emas... Mani eng kuchli loyiham boshlanmoqda. Tayyormisiz?🔥
Tez orada!
1 week ago (edited) | [YT] | 4
View 0 replies
Miss Zucy
"Ego" — bu insonning o‘zi haqidagi tasavvuri, ya'ni "men" hissi.
Psixologiyada ego odamga:
°o‘zini alohida shaxs sifatida his qilishga,
qaror qabul qilishga,
°o‘z manfaatlarini himoya qilishga yordam beradi.
Lekin kundalik hayotda "egosi baland" deyishsa, odatda:
o‘zini boshqalardan ustun ko‘rish,
tanqidni qabul qilmaslik,
doim haqman deb o‘ylash ma'nolarida ishlatiladi.
2 weeks ago (edited) | [YT] | 5
View 0 replies
Miss Zucy
Only you FINAL Episode 10:
Ertasi kuni Kai ketadigan kun edi.
Maktab oldida hamma u bilan
xayrlashayotgan edi.
Lina esa uzoqroqda turardi.
Avtobus kelib to‘xtadi.
Kai sumkasini ko‘tarib eshik tomon yurdi.
Lekin birdan to‘xtadi.
U ortiga qaradi.
Lina ham unga qarab turardi.
Kai chuqur nafas oldi.
So‘ng sumkasini yerga qo‘ydi.
Va hammaning hayratli nigohlari ostida Lina tomon yugurdi.
— Men ketolmayman, — dedi u.
Lina hayrat bilan qaradi.
— Nima?
Kai kulib yubordi.
— Dadam bilan gaplashdim. Men qolaman.
Linaning ko‘zlari porlab ketdi.
— Rostdanmi?
— Rostdan.
Bir necha soniya ikkalasi ham kulib turishdi.
Kai sekin dedi:
— Chunki bu yerda qolishim uchun sabab bor.
— Qanday sabab?
Kai unga qaradi.
— Sen.
Lina kulib yubordi.
Va shu kuni ular birga maktab tomiga chiqishdi.
Shahar ustidan quyosh botayotgan edi.
Ba’zan bitta inson butun rejalaringni o‘zgartirishi mumkin.
THE END ✨💙
💖Yana shunaqa hikoyalar kerak bo‘lsa, obuna bo‘ling!
1 month ago | [YT] | 5
View 1 reply
Miss Zucy
Only you Episode 9:
Oradan bir necha kun o‘tdi.
Lina va Kai deyarli gaplashishmadi.
Bir kuni kechqurun Kai Linaga xabar yozdi:
"Oxirgi marta men bilan chiqasanmi?"
Lina uzoq o‘yladi.
Keyin:
"Mayli."
O‘sha kecha ular mototsiklda shahar bo‘ylab aylanishdi.
Hammasi avvalgidek edi.
Lekin ikkalasi ham bu kecha boshqacha ekanini bilardi.
Quyosh botayotgan paytda ular tepalikka chiqishdi.
Kai sekin dedi:
— Agar ketishga majbur bo‘lsam ham, seni unutmayman.
Lina ko‘zlarini yashirishga harakat qildi.
— Men ham.
Ular yonma-yon turib quyosh botishini tomosha qilishdi.
Va ikkalasi ham ertangi kunni o‘ylashdan qo‘rqardi...
Davomi bor...
Keyingi qism FINAL bo'ladi ...✨
1 month ago (edited) | [YT] | 4
View 1 reply
Load more