Arabic101 - Uzbek



Arabic101 - Uzbek

Biz haqimizda.
Maqsadimiz. Dunyoning turli burchaklarida yashayotgan, ona tili arab tili boʻlmagan barcha birodar va opa-singillarimizga sifatli va bepul arab tili shu bilan birga Qurʼon karim taʼlimini yetkazish.
Qarashimiz. Biz arab tili har bir musulmonning ajralmas qismi, uning kimligi va qadriyatlarini asraydigan til, deb hisoblaymiz. Shu sababli, uni bolalarimizga oʻrgatish barchamizning vazifamizdir.
Biz hammamiz tengmiz. Irq, rang, til — hech biri musulmonni boshqadan ustun qilmaydi.
Yoʻlimiz. Biz faqat Allohning kalomiga va Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning ishonchli hadislariga ergashamiz. Hech qaysi firqa, guruhga mansub emasmiz.
Arabic101 loyihasining asoschisi.
Darslardagi ovoz egasi — sizning birodaringiz, Drs. Islam Fekry.
U haqida qisqacha:
• Ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr diplomi.
• Niderlandiyaning Groningen universitetida amaliy lingvistika, fonetika va fonologiya boʻyicha magistrlik darajasi.
• Shu universitetda til oʻzlashtirish va oʻqitish metodikasi boʻyicha ham magistrlik darajasi olgan.
• Til oʻrganish va oʻrgatish metodikasi boʻyicha bir nechta ilmiy tadqiqotlar qilgan.
• Turli davlatlarda 15-yillik oʻqituvchilik tajribasiga ega.
• Qurʼon karimni esa anʼanaviy usulda, mahalliy masjidda oʻrgangan.
• Qurʼon karim qiroatida imom Hafs rohmatullohi alayhning imom Osim rohmatullohi alayhdan qilgan rivoyati boʻyicha ijoza sohibi - Tareeq Ash-Shatebeyyah — isnodi (ilmiy uzluksiz zanjiri) atiga 30 shayx orqali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha yetadi.

7 months ago | [YT] | 68