🎙️ RADIO UZ – Ishonchli axborot va sifatli kontent manbai.

Kanalimizda siz eng so‘nggi yangiliklar, radio dasturlari, intervyular, podkastlar, musiqa va foydali videolarni tomosha qilishingiz mumkin.

📻 Jonli efirlar
📰 Tezkor yangiliklar
🎤 Intervyular va podkastlar
🎵 Musiqa va ko‘ngilochar kontent

Obuna bo‘ling va eng muhim voqealardan doimo xabardor bo‘ling!
RADIO UZ – Ovozingiz, to‘lqiningiz.


RADIOuz

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.

22 hours ago | [YT] | 0

RADIOuz

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik

1 day ago | [YT] | 1

RADIOuz

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

4 days ago | [YT] | 1

RADIOuz

O‘zbekiston va Slovakiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi (https://gov.uz/oz/mudofaa/news/view/226766)

5 days ago | [YT] | 1

RADIOuz

⭐️O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni istiqbollari belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi.

5 days ago | [YT] | 0

RADIOuz

⭐️Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri “ADEX 2026” 6-Ozarbayjon xalqaro mudofaa koʻrgazmasida ishtirok etdi

Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

6 days ago | [YT] | 0

RADIOuz

«Жиноятчи қонун доирасидаги энг оғир жазога тортилади.

Саида Мирзиёева Наманганда 5 ёшли қиз зўрлангани ҳақида
«Назаримда, бундай ваҳшиёна жиноятлар учун ўлим жазосини қўллаш керак. Амалдаги қонунчиликда олий жазо кўзда тутилмаган, шу боис жавобгарликни максимал даражада кучайтириш учун қонун ҳужжатларига ўзгартириш киритиш бўйича таклиф тайёрлаяпмиз», — деди Президент администрацияси раҳбари.
Унинг билдиришича, бепарволиги билан бу қабоҳатга йўл очган, норасида болани асрай олмаган барча масъуллар ҳам жазоланади.

1 week ago | [YT] | 0

RADIOuz

#Tezkor_tadbir
🚫⚠️ Qonun himoyachisining noqonuniy harakati fosh etildi
 
🇺🇿👮‍♀️Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

➡️ Xususan, ushbu mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroning mashina oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishida ko‘maklashish evaziga jami 12 ming AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘idan 4700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🕵️‍♂️ Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam fuqarodan 1300 AQSH dollari olganligi aniqlandi.

⚖️ Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish chorasi ko‘rilmoqda.

⏰ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. 🛡Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

1 week ago | [YT] | 0

RADIOuz

#AichiNagoya2026

🔉 Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga juftlik bahslarida Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova hamda Shohsanam Sherzodovadan iborat tandem marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu tarixiy natija bilan muborakbod etadi.

1 week ago | [YT] | 0

RADIOuz

Mudofaa vazirligi sportchilari Osiyo o‘yinlarida ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi

1 week ago | [YT] | 0