„Yoshlar ishlari agentligi“ tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ loyihasining rasmiy YouTube sahifasi!

Bepul, Qiziqarli, Ommabop
Uzchess - Kichik yurishlardan katta g'alabalarga.

Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish eng asosiy maqsadimizdir.

UzChess Market : +99897 5123051





UzChess

🦆Duck Chess

⚡️Bugun Chess.com’dagi eng kulgili va noodatiy shaxmat variantlaridan biri – Duck Chess bilan tanishamiz! Bu o‘yinda har bir yurishdan so‘ng taxtaga o‘rdak joylashtirasiz va bu o‘rdak boshqa figuralarga harakat qilishga to‘sqinlik qiladi!

🔒O‘rdakni to‘g‘ri joylashtirish orqali raqib yurishlarini bloklab, o‘yin taqdirini o‘zgartirishingiz mumkin!

➡️Videoni ko‘rish (https://youtu.be/Bo0DjNWfGEk?si=OBiVD...)

🤝Videoga layk bosish va kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

6 hours ago | [YT] | 11

UzChess

Bugun seshanba, demak...

⚡️ Sovrin jamg'armasi 2500$ bo'lgan va har hafta seshanba kuni an'anaviy o'tkazilib kelinadigan Titled Tuesday turniri bugun 20:00 da boshlanadi.

🔥 Shiddatli va qiziqarli shaxmat janglarini jonli efirda "Uzchess" da kuzatishingiz mumkin.

12 hours ago | [YT] | 5

UzChess

Jamoamiz 2-o'rinni qo'lga kiritdi

🔥 24 soat davom etgan xalqaro klublar arenasida "Uzchess" jamoamiz Hindiston, Xitoy, Fransiya kabi klublarni ortda qoldirib, 37 ta mamlakat orasida faxrli 2-o‘rinni egalladi! Qiziqarli jihati shundaki, musobaqaning so‘nggi 1 soatida jamoamiz 6-o‘rindan kuchli uchlikka kirishga va yakunda 2-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

🤝Arenada ishtirok etib, g'alabamizga hissa qo'shgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

1 day ago | [YT] | 69

UzChess

Oliy Ligada chempionlar aniqlandi

🏆27-aprel kuni Oliy Liga 2025 turniri final o'yinlari yakunlandi. Unga ko'ra:

Erkaklar o‘rtasida:
1-o'rin: Nodirbek Yakubbayev - 10,000 AQSH dollari
2-o'rin: Ortiq Nig'matov - 7,000 AQSH dollari
3-o'rin: Muhammadzohid Suyarov - 4,500 AQSH dollari
4-o'rin: Muhiddin Madaminov - 3,500 AQSH dollari

Ayollar o‘rtasida:
1-o'rin: Umida Omonova - 7,000 AQSH dollari
2-o'rin: Nodira Nodirjanova - 5,000 AQSH dollari
3-o'rin: Afruza Hamdamova - 3,000 AQSH dollari
4-o'rin: Marjona Malikova - 2,000 AQSH dollari

🤝Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilab qolamiz!

1 day ago | [YT] | 181

UzChess

🔥Uzchess dunyoga qarshi

⚡️"Uzchess" jamoasi chess.com platformasida har hafta yakunida o'tkaziladigan 24 soatlik arenada ishtirok etadi!

➡️Ishtirok etish (www.chess.com/play/arena/4170255)

🤝Jamoamiz safida xalqaro bahsda qatnashish imkoniyatidan foydalaning va do‘stlaringizni ham taklif qiling!

3 days ago | [YT] | 46

UzChess

6 yilda grossmeyster bo'lish mumkinmi?

📣"Uzchess" jamoasi O‘zbekistonning 29-grossmeysteri Muhiddin Madaminov bilan eksklyuziv intervyuni taqdim etadi!

Intervyu davomida quyidagi savollarga javob olasiz?

GM bo'lish qanchaga tushadi?
Muhiddin shaxmatdan qancha pul ishlab topgan?
Magnus va Muhiddinning o'xshash tomoni nimada?

➡️intervyuni ko'rish (https://youtu.be/z601Hvq4prQ?si=5jmjz...)

4 days ago | [YT] | 81

UzChess

Germaniya Bundesligasi qaytmoqda

➡️Bugun 19:15 da bundesliganing 12-tur bahslari boshlanadi.

🇺🇿Hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov turnirda ishtirok etadi

4 days ago | [YT] | 24

UzChess

Uzchess jamoasi safida bo‘lishga nima deysiz?

📣Agar siz shaxmatni chin dildan sevuvchi, jamoada ishlashni yoqtiruvchi va media dunyosiga qiziquvchan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

⚡️Volontyor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, turnir jarayonlarida bevosita ishtirok eting va quyidagi yo‘nalishlardan birida tajriba orttiring:

🎯 Yo‘nalishlar:
- Video montajyor (shorts): qisqa videolarni tayyorlash, montaj bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar;
- Video montajyor (long): to‘liq videolar ustida ishlay oladigan, video montaj tajribasiga ega;
- Mobilograf: telefon orqali sifatli va jonli video/rasm olish;
- SMM menejer: ingliz tilini bilish ustunlik beradi
- Moderator: jonli efirni texnik qo'llab-quvvatlash;
- Loyihalar boshqaruvi markazi rahbari yordamchisi: ingliz tilini muloqot darajasida biladigan, intizomli, mas’uliyatni his qiladigan va o‘rganishga tayyor;

🟥Ro‘yxatdan o‘tish (docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfIxiEWBK79yHzTbz…)

😄Amaliyot davomiyligi 2 oyni tashkil qiladi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan hamda o'zini yaxshi ko'rsatgan nomzodlar uchun rasmiy ish taklif qilinadi!

Shaxmatga bo‘lgan muhabbat va jamoaviy ruh biz uchun eng muhim mezon!

5 days ago | [YT] | 46

UzChess

Avval boksga qiziqib, so'ng shaxmatni tanlaganman

📣"Uzchess Global" loyihasi doirasida navbatdagi mehmonimiz Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura kabi shaxmatchilarni Titled Tuesday turnirida mag'lub etgan yosh va iste'dodli shaxmatchimiz — Almas Rahmatullayev

😄Ushbu suhbat davomida Almas shaxmatdagi qiziqishlari, xalqaro turnirlardagi boy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

🇺🇿"UzChess Global" loyihasi o'zben shaxmatchilarining yutuqlarini dunyoga ingliz tilida namoyish etish va yosh avlodga ilhom berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

➡️intervyuni ko'rish (https://youtu.be/vXOey5DAm_A?si=KEVx1...)

5 days ago | [YT] | 83

UzChess

Poyezdda taxtasiz hayolda shaxmat o'ynadik, 1-qism

⚡️Navbatdagi chellenjni tog'da suratga olishga qaror qildik, lekin shaxmat taxtasini olish yodimizdan ko'tarildi...

😄IM Muhammadali Abdurahmonov va CM Islombek Sindarov shaxmat doskasisiz, hayolda 5+0, 3+0, 1+0 formatlarida shaxmat o'ynashdi.

🤔Kim g'alaba qozondi ekan-a?

🟥videoni ko'rish (https://youtu.be/VuiJxtpUEf0?si=MCRWL...)

6 days ago | [YT] | 63