XURMO YouTube kanali oʻzbek zabon auditoriya uchun xorijiy YouTube kontentini rasmiy tarjimasi va dublyaji bilan shugʻullanadi. Bu ijtimoiy, notijoriy loyiha boʻlib, bizning vazifamiz YouTubeʼda oʻzbekcha maʼlumot beruvchi kontentni tarqatish orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshishdir.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:
+998 93 120 22 11
+998 90 127 22 11
Telegram: @Xurmocommercial
Pochta: xurmogroup@gmail.com
XURMO
Salom salom XURMO loyihasining ashaddiy muxlislari! Xo‘sh, tan olish vaqti keldi. Loyihamizdagi qaysi turkum videolari sizga ko‘proq yoqadi. Javobingiz biz uchun juda muhim.
14 hours ago | [YT] | 45
View 29 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/i8gRCiKuf0k
Qurultoy loyihasining navbatdagi soni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga bag‘ishlanibdi. Tasavvur qiling, XI asr, Koshg‘ariy turkiy xalqlar diyorida, turli qabilalar orasida kezib, turkiylar qanday so‘zlashayotganini eshitadi, ularning so‘zlarini yozib oladi va talaffuzini taqqoslaydi. Turli qabilalarning nutqidagi kichik farqlarni ham payqaydi. Lekin eng qizig‘i, Koshg‘ariy so‘zlar bilan birga o‘z davrining butun bir olamini saqlab qolgan. Kitobda qo‘shiqlar, she’rlar, rivoyatlar, turkiylarning ovchilik, hunarmandchilik, taomlari, kiyimlari va urf-odatlari haqidagi hikoyalar mavjud. Mazkur podkast esa sizga “Devonu lug‘otit turk” asari nima uchun turkiy dunyoning, ilm-fanning, xususan, tilshunoslik va elshunoslikning eng muhim manbasi ekanligini chuqurroq anglashga yordam beradi.
1 month ago | [YT] | 90
View 0 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/zY12CWHqRpY
O‘zbek xalqining eng ulug‘ va qadimiy dostoni — “Alpomish”. Bu doston nafaqat syujeti, balki zamiridagi chuqur ma’nolari bilan ham asrlar davomida olimlarni qiziqtirib kelgan. Dostondagi shajara, raqamlar, timsollar zamirida nihoyatda ko‘p va xo‘p ma’no yashiringan. Xo‘sh, nega Alpomishni o‘q botmaydi, qilich o‘tmaydi? Nega uning oilasidagi har ikkinchi avlodda bir haqiqiy alp tug‘iladi va bu doston, aslida, nima haqida? Ana shu savollarga javob topish uchun QURULTOY PODCAST'ning “Alpomish” dostoniga bag‘ishlashga sonini tomosha qiling. Mehmonlar — folklorshunos olimlar Shomirza Turdimov hamda Farrux Jabborbek.
1 month ago | [YT] | 119
View 0 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/1tlucERbKbc
Markaziy Osiyo tarixiga qiziqsangiz, QURULTOY Podcast’ning yangi sonini o‘tkazib yubormang. Unda Amir Temurning harbiy yurishlari yoki Temuriylar davlatining qudrati emas, balki bundan ham murakkabroq savol muhokama qilinadi: Temurbekdek shaxsning siyosat maydoniga chiqishi uchun qanday tarixiy sharoit yuzaga kelgan edi? XIV asr o‘rtalarida Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat qanday bo‘lgan? Nega Chingiziylar saltanati parchalanganidan keyin yangi kuchli davlat Eron hududida emas, aynan Movarounnahrda shakllandi? Axir mo‘g‘ullardan mustaqil siyosiy tuzum yaratishga Amir Temurdan oldin amir Qazag‘on ham uringan edi. Unda nega tarix Qazag‘onni emas, aynan Amir Temurni buyuk davlat asoschisi sifatida eslab qoldi? Ushbu murakkab savolga tarixchi olim Bahriddin Usmonov javob beradi.
2 months ago | [YT] | 126
View 3 replies
XURMO
https://youtu.be/EEfqmojRkGM
QURULTOY PODCAST qaytdi! Tarix kuychilari sanalmish Eldar Asanov va Nodir Nishonov yangi mavsumni professor G‘aybulla Boboyorov boshchiligidagi “O‘g‘uzlar tarixi” mavzusi bilan boshlashga ahd qilishibdi. Mazkur sonni tomosha qilib, ustozlar ko‘magida o‘g‘uzlar kim, o‘g‘uzlarning kelib chiqishi va dastlabki tarixi, o‘g‘uzlar faqat Xorazmda yashaydimi kabi savollarga javob topishingiz mumkin. Xullas, qulayroq joylashib oling.
2 months ago | [YT] | 278
View 5 replies
XURMO
Assalomu alaykum, aziz "Xurmo" kanali obunachilari!
Anchadan beri yangi sonlar chiqarolmadik, sizlarni kuttirib qo‘yganimiz uchun uzr so‘raymiz. Bu vaqt ichida shunchaki bekor o‘tirmasdan, sizlar uchun yanada qiziqarli va sifatli videolar tayyorlash bilan band bo‘ldik. Mana, nihoyat, ijodiy tanaffus tugadi va biz yangi energiya, yangi g‘oyalar bilan yana YouTubega qaytyapmiz. Bizni yo‘qotmay, kutib yashagan va qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga rahmat, tez kunda yangi sonlarda ko‘rishguncha!
3 months ago | [YT] | 2,306
View 137 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/TZs06UIHP0U
☄️ Xo‘sh, uzoq kutilgan Susambil podkast yana siz bilan. Bu safar Garri Potter olamiga yo‘l olamiz: eski filmlarni eslaymiz, nima uchun aynan ular bizda bolalik, Yangi yil va qish bilan bog‘liq xotiralarni uyg‘otishini tahlil qilamiz. Bundan tashqari, hozirgi yoshlar nima uchun Garri Potter olamiga tobora kamroq qiziqish bildirayotgani, yangi serial chindan ham kerak edimi va umuman bugungi kunda franshizaga nima bo‘layotgani haqida gaplashamiz.
10 months ago | [YT] | 152
View 5 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/fPtNh1ysjAw
QURULTOY ilmiy-ma’rifiy podkastining navbatdagi soni qudratli dasht imperiyasi nomi bilan mashur bo‘lgan Xunlar davlati haqida bo‘libdi. Xunlar haqidagi ilk tasavvurlarimiz “Mulan” multfilmi hamda Atilla haqidagi film va serial sabab shakllangan edi. Biroq real tarixda xunlar kim bo‘lgan? Nima uchun ularning tarixi mintaqamiz o‘tmishida muhim ahamiyat kasb etadi. Javobni tabiiyki, QURULTOY loyihasidan topasiz.
10 months ago | [YT] | 132
View 4 replies
XURMO
👉 https://youtu.be/_ESKwyRROHI
Wow! SUSAMBIL YouTube kanalida “Mashaqqatlar sari” ya’ni “Breaking Bad” serialiga munosabatingizni tamoman o‘zgartiradigan MEGA tahlil va nihoyat chiqdi. Tan olish kerak, juda batafsil va g‘oyat qiziqarli tahlil chiqibdi.
• Nima sababdan “Breaking Bad” rekvizitlari bugungi kunda muzeyda saqlanmoqda?
• Netflix’ning loyiha muvaffaqiyatiga qanday aloqasi bor?
• Serialdagi pushti ayiqcha qanday ma’noni anglatadi?
Savollarga javobni ushbu videodan topasiz. Albatta tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz. Xullas, eski furgonlaringizni hozirlang! Sababi biz Albukerke shaharchasi tomon yo‘l olyapmiz.
10 months ago | [YT] | 85
View 1 reply
XURMO
https://youtu.be/IvQE8K5cFHM
Tan olish kerak, "Turkiston avangardi" atamasi bugun ham bahsli bo‘lib qolmoqda: tadqiqotchilar ko‘pincha turli xil hodisalarni sun’iy ravishda birlashtirish tarixshunoslikda chalkashliklar keltirib chiqarishi haqida ogohlantirishmoqda. Xo‘sh, “Turkiston Avangardi” qanchalik muvaffaqiyatli ta’rif va qanchalik to‘g‘ri talqin qilinayotgan hodisa? Bu ta’rifda afsona ko‘proqmi yoki haqiqat? Savollarga javobni “QURULTOY” ilmiy-ma’rifiy podkastining navbatdagi sonidan topasiz.
11 months ago | [YT] | 62
View 0 replies
Load more