“Boshlang‘ich sinf” kanaliga xush kelibsiz!
Bu yerda 1–4-sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun eng kerakli fanlar bo‘yicha video darslar jamlangan.
Kanalimizda siz quyidagi fanlar bo‘yicha sodda, tushunarli va amaliy darslarni topasiz:
• Matematika
• Ona tili va imlo
• O‘qish savodxonligi
• Tabiiy fan
• Texnologiya, tarbiya va boshqa fanlardan darslar
Har bir videodars boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qulay shaklda tayyorlangan bo‘lib, murakkab mavzularni ham eng oson usulda tushuntirib beradi. O‘qituvchilar uchun ham dars jarayonida foydalanishga juda qulay.
Har hafta yangi videodarslar joylanadi.
O‘quvchilaringiz yoki farzandingizning bilimini mustahkamlashni istasangiz, kanalimga obuna bo‘ling!