O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий университети Физика факультети профессор - ўқитувчилари ва талабаларининг илмий ижодий материаллари жойлаб борилади. Ҳурматли Физика фани ихлосмандлари каналга аъзо бўлинг ва бизни қўллаб қувватланг!


O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Nazariy fizika sohasida Feynman diagrammasi subatomik zarralarning xossalari va o'zaro ta'sirini tavsiflovchi matematik ifodalarning sxematik tasviridir. Sxema 1948 yilda diagrammalarni kiritgan amerikalik fizik Richard Feynman sharafiga nomlangan. Feynman diagrammasi - maydonlarning kvant nazariyasidagi o'zaro ta'sirlarni tasvirlashning vizual va samarali usulidir.

4 years ago | [YT] | 14

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Standart model o'z ichiga olgan elementar zarrachalar guruhlari!

4 years ago (edited) | [YT] | 12

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Fundamental o'zaro ta'sirlar.
Hozirgi vaqtda 400 ga yaqin elementar zarralar ma'lum. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri - o'zaro o'zgarishga qobilligidir. Zarralar nihoyatda ko'p elastik va noelastik sochilish jarayonlarida hamda juda ko'p tug'ilish va parchalanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Bunday ko'p turli xil aylanishlarni faqatgina 4 tipdagi fundamental o'zaro ta'sir boshqaradi. Ularni fizik jarayon va hodisalarning belgisi deb ham qarash mumkin.
1. Kuchli o'zaro ta'sir adronlar deb ataluvchi zarralarga xos. Masalan: proton va neytron ular qatoriga kiradi. Kuchli o'zaro ta'sirning eng ma'lum ko'rinishi - yadro kuchlaridir.
2. Elektromagnit o'zaro ta'sir zaryadlangan zarralar va fotonlarga xos. O'rtacha holda unda neytral zarralar ham qatnashishi mumkin. Elektromagnit o'zaro ta'sir ko'p o'rganilgan.
3. Kuchsiz o'zaro ta'sir deyarli hamma zarralarga xos. Zarralarning nisbatan sekin parchalanishlari va boshqa sekin o'tadigan jarayonlar shu o'zaro ta'sir tufayli bo'ladi. Kuchsiz o'zaro ta'sirning asosiy ko'rinishlaridan biri - atom yadrolarining beta-parchalanishidir.
4. Gravitatsion o'zaro ta'sir universal bo'ladi. Koinotdagi hamma zarra va jismlar unda ishtirok etadi. Ularning tezlanishi "gravitatsion zaryadga", ya'ni massaga bog'liq emas.
Har qanday o'zaro ta'sirni uchta parametr bilan tavsiflash mumkin: intensivlik, ta'sir radiusi va uning elementar akti amalga oshiriladigan oraliq vaqt. Har qanday atomda elektronlar bir-biri va yadro bilan amalda elektromagnit kuchlar orqali bog'langan, shu sababli atom fizikasida faqat elektromagnit o'zaro ta'sirini hisobga olish kerak. Yadroda nuklonlar yadro kuchlari yordamida bog'langan, protonlar orasida elektromagnit kuchlari ham ta'sir qiladi. Bundan tashqari yadro kuchlari va β - jarayonlar uchun javobgar bo'lgan kuchsiz o'zaro ta'sir tufayli yadrolar turli o'zgarishga uchraydi. Shuning uchun yadrolar fizikasida gravitatsion ta'sirdan tashqari barcha fundamental o'zaro ta'sirlarni hisobga olish lozim. @youtube.com/channel/UCECyLsnL...

4 years ago (edited) | [YT] | 6

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Agar yadrodagi hamma neytronlarni protonlarga almashtirilsa va hamma protonlarni neytronlarga almashtirilsa, u holda "ko'zgu" yadrolar hosil bo'ladi. Masalan tartib raqami 7 ga teng bo'lgan azot 15 izotopi yadrosi tartib raqami 8 teng bo'lgan kislorod 15 izotopi yadrosiga nisbatan "ko'zgu" yadro bo'ladi. Asosiy holatdagi "ko'zgu" yadrolarning energiyalari Kulon o'zaro ta'sir energiyalari bilan farq qiladi. Hamma vaqt "ko'zgu" yadrolardan biri radiaktiv bo'ladi. (S.Polvonov - Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi). @youtube.com/channel/UCECyLsnL...

4 years ago (edited) | [YT] | 5

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Sodiq Azimovich Azimov – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor. O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan. O‘rta Osiyo politexnika institutida ishlagan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri, direktor o‘rinbosari, direktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, "Fizika – Quyosh" IICHB bosh direktori.
O‘zbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri.
Sodiq Azimovich o‘zi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi. Pomir tog‘i tepasidagi stansiyada Sodiq Azimovich o'z xodimlari bilan birgalikda kosmik nurlar va yadrolarning o‘zaro taʼsirini o‘rganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektron-yadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi.
Sodiq Azimovich elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq etgan. U o‘ta yuqori energiyali (1012– 1013 ev) yadro jarayonlari o‘rganiladigan tog‘ stansiyasi qurilishini tashkil etdi.
Sodiq Azimovich rahbarligida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi fizika-texnika institutida quyosh nuri energiyasidan foydalanish usuli asosida o‘ta sof yarimo‘tkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987 yilda Parkent tumanida bir megavatt quvvatga ega konsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi.
Sodiq Azimovich yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi.
U 14 nafar fan doktori va 70 nafardan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham "Fizika-Quyosh" IICHB da, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida va O‘zbekiston Milliy universitetida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar.
Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. "Fizika-Quyosh" IICHB ga va Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha va maktabga uning nomi berilgan.

4 years ago (edited) | [YT] | 5

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Magnitooptika - bu magnit maydon ta'sirida muhitning optik xususiyatlarining o'zgarishini va shu o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan optik nurlanishning o'zaro ta'sirini o'rganadigan fandir. Magnit va elektr maydoni ta'siri ostida bo'lgan optik jihatdan faol bo'lmagan muhitlarda Zeeman, Faradey, Kerr effektlari kuzatiladi.
1. Zeeman effekti - atom va atom sistemalarining magnit maydonda energiya sathlari va spektral chiziqlarining ajralishidir.
2. Faradey effekti - chiziqli qutublangan nur magnit maydonda optik jihatdan faol bo'lmagan moddada tarqalganda nurning qutublanish tekisligining aylanishi kuzatilishidan iborat effektdir.
3. Kerr effekti - optik materialning sindirish ko'rsatkichining shu materialga qo'yilgan elektr maydonining maydon kuchlanganiga proporsional ravishda o'zgarishi hodisasidir. youtube.com/channel/UCECyLsnL...

4 years ago (edited) | [YT] | 6

O'zMU Fizika fakulteti I Физический факультет НУУз

Kvark - Standart modeldagi fundamental zarra bo'lib erkin holda mavjud bo'la olmaydi. Ammo adronlar (kuchli o'zaro ta'sirda ishtirok etuvchi zarralar, masalan: proton va neytron) tarkibida bo'ladi. Hozirgi kunda kvarklarning 6 xil turi ma'lum. Bular u (up), d (down), c (charm), s (strange), t (top), b (bottom) kvarklardir. Har bir kvarkka mos holda antikvark mavjud. Ular bir-biridan kvant soni bilan farq qiladi. Kuchli o'zaro ta'sirning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - konfayment mavjudligi tufayli, kvarklarni erkin holda uchratish imkonsiz. Kvarklar kuchli o'zaro ta'sirdan tashqari kuchsiz, gravitatsion hamda elektromagnit o'zaro ta'sirlarda ham qatnashadi. youtube.com/channel/UCECyLsnL...

4 years ago (edited) | [YT] | 2