#shahzodsharif #ijodi #kanali #audiosherlar #audiolar #sherlar #monologlar #ibratli #hikoyalar #manoli #gaplar #soʻzlar #sevgi #muhabbat #dil #isxorlari #uchun #yigital #qizlarbop #kanal #xurshid #rasulov #qoshiqlari #qushiqlari #pesni #pesnie #muziku #eng #ommabop #xit #kuylar #taronalar #sokin #kuylar #fon #musiqalari #shaxzod #шагзод #шарф #шаҳзод #шарипов #аудио_шерлари #muxabbat #nafrat #ota_ona
Telegram rasmiy: t.me/shahzodsharif
Shahzod Sharif
Kirib eshitib koʻring: https://youtu.be/HjRK3W6nZMA?si=O-kk8...
2 years ago | [YT] | 3
View 0 replies
Shahzod Sharif
UYLANMASAM BOʻLMAYDI
Tonglar otib qolmoqda,
Koʻzlar uyqu koʻrmaydi.
Yosh ham oʻtib bormoqda,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Yostiq qochib ketar goh
Quchoq barbir toʻlmaydi.
Ogʻir botib ketar voh,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Kiyim-kechak joyida,
Qoʻlga chivin qoʻnmaydi,
Ado boʻldim oʻyida,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Roʻzgʻor, tashvish, qoʻyaver,
Olloh oʻzi qoʻllaydi.
Qirollardek yashar er,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Tengdoshlarim yaqinda,
Farzandin ham toʻylaydi.
Uyda gap men haqimda,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Dunyo toʻla gunoh bor,
Qizlar koʻzni oʻynaydi.
Yaratgandek guvoh bor,
Uylanmasam boʻlmaydi!
Qoʻyganman yor moʻljallab,
Boshqaga dil koʻnmaydi.
Shu yil tamom gapim gap,
Uylanmasam boʻlmaydi!
3 years ago | [YT] | 1
View 0 replies
Shahzod Sharif
XONIM
Hijronlarda qiynalib qolib,
Koʻngilchangiz ketmasmi sovib,
Agar Olloh qoʻymasa olib,
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
Bilak uzuk taqqandim atay,
Endi qochish imkonsiz, aytay!
Yumshoq qilib gapiray qanday?
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
Qayda boʻlmang topib olaman,
Chorlasangiz chopib boraman,
Dunyo bersin, sizda qolaman,
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
Ayro tushmas hech ham yoʻlimiz,
Maxkam tutsak yetar qoʻlimiz,
Bahonalar oʻtmas oʻrinsiz,
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
Sizsiz tangdir mening ahvolim,
Siz uchun deng har lahza, onim,
Rozimisiz boʻlgani yorim,
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
Qoʻlizdagin yechmadingizmi?
Orzulardan kechmadingizmi?
Tushinishni epladingizmi?
Siz meniki boʻlasiz, xonim!
3 years ago | [YT] | 3
View 0 replies
Shahzod Sharif
QAYDAN HAM SEVDIM-A?!!
Men axir qanday bir bolaman,
Yana ishq dardida yonaman,
Sevib soʻng baloga qolaman,
Qaydan ham dil berdim sen qizga!!
Ey Shahzod toʻxtagin shoshilma
Boshingga balolar orttirma,
U axir bir qimmat topilma,
Qaydan ham sevdima sen qizni?!
Orzu ham qilmagin visolin,
Olisdan sezsang bas iforin
Oʻylashni bas qil dil izhorin,
Qaydan ham sevdim-a sen qizni?!
Hozircha hurmating etadi,
Sevishing sezgan on ketadi,
Qoʻy dilim, ozorlar yetadi!
Qaydan ham sevdim-a sen qizni?!
Oʻylama unda bor suygani,
Yuraging qoladi kuygani,
Sevgi deb oʻylama kulganin!
Qaydan ham dil berdim sen qizga?!!
3 years ago (edited) | [YT] | 2
View 0 replies
Shahzod Sharif
Man bitta narsaga tushunmayman; nimaga dinimizda sevgiga nisbatdan qarshi fikrlar koʻp?! Inson kimnidir chindan sevganda hayotga qarashlari oʻzgaradiku axir. Ollohni zikr qila boshlaydi, sevgan insonni qoʻlidan yomonlik kelmaydi. Ollohni anglatadigan tuygʻuga qarshi chiqmaylik!
3 years ago | [YT] | 3
View 0 replies
Shahzod Sharif
SOGʻINDIM
Xayollarim band qilgan malak,
Omonmisiz bering bir darak,
Xabar kutib bu jonim halak,
Sizni juda, juda sogʻindim
Yuzingizga termulgim kelar,
Koʻzingizda yashirin nelar?!
Sogʻinch tinmay sabrimni elar,
Sizni juda, juda sogʻindim!!!
Sizni mendan saqlab yiroqda,
Firoq dilni solar qiynoqqa,
Oʻylayapsiz nelar shu tobda?!
Sizni juda, juda sogʻindim!!!
Sabr kosam bormoqda toʻlib,
Bu hijronga boʻlurmi koʻnib,
Xoʻp desangiz kelardim koʻrib,
Sizni juda, juda sogʻindim!!!
3 years ago | [YT] | 2
View 0 replies
Shahzod Sharif
SEVGINGIZ HADIYA ETING
Qalbi goʻzalligin bildirar soʻzi
Oy jamoli goʻyo jannatning yuzi
Koʻnglimni oldingiz "islom"ning qizi,
Menga ham sevgingiz hadiya eting!!
Siz kelib bitmoqda bu dil yarasi,
Ozorlar oʻtmoqda unut hammasi,
Ollohning eng koʻproq suygan bandasi,
Menga ham sevgingiz hadiya eting!!
Xayollarim sizga ketmoqda oqib,
Qoʻygandekman goʻyo hushim yoʻqotib
Xudoyimning oʻzi berdiku topib,
Menga ham sevgingiz hadiya eting!!
Taqdirlar ayondir, robbi qoʻlida,
Oʻrningiz bor endi koʻnglim toʻrida
Sevsangiz bas edi olloh yoʻlida,
Menga ham sevgingiz hadiya eting!!
3 years ago | [YT] | 2
View 0 replies
Shahzod Sharif
YODGA SOLAMAN...
Ismim senga bermasmi ozor?
Xalq tilidan tushmay qolaman!
Kechir gulim goʻzal, betakror,
Sevgimiz koʻp yodga solaman.
Magʻrurliging ortidan kelgan,
Baxtsizlikni nima qilasan?
Senga doim mehrini bergan,
Bor edi-ya, balki bilasan!!!
Xotralaring keldimi qaytib,
Sheʼrim uchun uzur soʻrayman.
Qoʻyar edim koʻz yoshing artib,
Uzoqdaman uni koʻrmayman.
Qarab turgin boʻlaman mashxur,
Olislardan koʻrib turasan.
Bevafoyim endi sen nuqul,
Afsus bilan eslab yurasan!
Sevgimizni matx etgan qoʻshiq,
Yaralaring turar yangilab!
Bugun, erta yoki yil oʻtib,
Ismim turar tilingda yangrab...!
Ismim senga bermasmi ozor?
Xalq tilidan tushmay qolaman!
Kechir gulim goʻzal, betakror,
Sevgimiz koʻp yodga solaman.
3 years ago | [YT] | 5
View 1 reply
Shahzod Sharif
Urushni bas qil lanati Putin!!!
3 years ago | [YT] | 4
View 0 replies
Shahzod Sharif
#andisha
3 years ago | [YT] | 5
View 0 replies
Load more