Ilm-fan va ijtimoiy mavzular haqida podkast. Jamiyat bilishi kerak bo'lgan mavzularda gaplashamiz. Podkastga Texnoplov loyihasining mualliflari tomonidan asos solingan.

Reklama bo'yicha:
+998 97-156-22-11
t.me/profsoyuz_influence



Sigma Podcast

Nima uchun O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish o'tkazilishi kerak?

Podkastimizning navbatdagi sonida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar insituti bosh mutaxassisi. Iqtisodiy geografiya boʻyicha falsafa fanlari doktori Nurbek Yo'ldoshev bilan demografiya mavzuda suhbatlashdik. Podkastda O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish o'tkazilishi nima uchun muhimligi, aholimizning o'rtacha yoshi va salohiyati, kelajakda bizni kutib turgan demografik muammolar, shaharlashuv qanday kechayotgani va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/fSt33C1Pk_E?si=Z5WOP...

2 weeks ago | [YT] | 50

Sigma Podcast

Yangi sonimiz chiqdi

Mavzu — Kiberjinoyatlar

Tomosha qiling:

https://youtu.be/PNCP5zned-U

3 weeks ago | [YT] | 46

Sigma Podcast

Qadriyatlari boshqa biznes egalaridan farq qiladigan tadbirkor Firuz Allayev bilan Qo‘shtirnoq podkastida suhbat. Asaxiy Invest, Asaxiy yangi premium do‘koni ochilishi, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish orqasidan erishiladigan yutuqlar va hozirgi yoshlardagi tushkun kayfiyat yechimi sifatida maslahatlar. Suhbatni ko‘ring.

▶️https://youtu.be/cdhP0URuVGo

4 weeks ago | [YT] | 55

Sigma Podcast

👉 https://youtu.be/16Old442v_M

Oxirgi yillarda turkiy xalqlar uchun umumiy yozuv yaratish mavzusi haqida ko‘p gapirilyapti. Bunga qo‘shimcha ravishda barcha turkiy xalqlar uchun tushunarli bo‘lgan o‘rtaturk tili masalasi ham tez-tez ko‘tariladi. Bunday til kerakmi o‘zi? U qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Bu kabi savollarga javob izlab topish maqsadida “Qurultoy” podkasti mualliflari shu mavzu bilan uzoq yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan olim Baxtiyor Karimovni o‘tovga taklif qilishibdi. Albatta tomosha qiling va tinglang.

1 month ago | [YT] | 40

Sigma Podcast

"2017-yildagi bir yillik eksportni hozir 5 soatda qilyapmiz", - Rustam Karimjonov

Podkastimizning navbatdagi qahramoni O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov. Rustam aka xususiy sektordan davlat boshqaruviga o'tgan kam sonli mutaxassislardan biri.

Biz undan davlat ishidagi 8 yillik tajriba, O'zbekiston IT sohasi qanday o'zgargani, 2030-yilgacha qo'yilgan maqsadlarga qanday erishilayotgani va O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan yirik korporatsiyalar haqida so'radik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/GaXkK5GkFdk

1 month ago | [YT] | 45

Sigma Podcast

Barcha kasalliklar qiroli — Saraton. Vaksina, terapiya va eng so'nggi tadqiqotlar

Shifokorlar Xonasi ruknining navbatdagi sonida saraton va tibbiyot tizimi haqida suhbatlashdik. O'zbekistondagi saraton statistikasi, kelajakda bizni nimalar kutib turgani, ba'zi turdagi saratonlarga qarshi vaksinalar, saraton ehtimolini oshiruvchi mahsulotlar haqida bilib olasiz.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/_8ZqM5dmVSs

1 month ago | [YT] | 49

Sigma Podcast

"O'zbekistonda eng ko'p odam noto'g'ri ovqatlanishdan o'lmoqda", — Endokrinolog

Shifokorlar Xonasi ruknimizning navbatdagi soni ko'pchilikni qiziqtirgan endokrinologik kasalliklarga bag'ishlandi. Podkastni ko'rish orqali ozish va semirish, ozempik, gormonlar hayotimizga qanchalik ta'sir qilishi, testosteron va insulinning insonga qanday ta'sir qilishini bilib olasiz.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/xyRZI9s9U9s

1 month ago | [YT] | 52

Sigma Podcast

Qon kasalliklari, hijoma va boshqa miflar | Onkogematolog

Ruknimizning navbatdagi soni O'zbekistonda keng tarqalgan qon-tomir kasalliklariga bag'ishlandi. Tajribali onkogematolog Farhod Toshtemirov sizga oqqon kasalligi, qon saratonlaridan davolanish ehtimollari, qon suyuq va quyuqlashishi, hijoma kabi qiziq mavzularda so'zlab beradi.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/w81N2d3iOxs

1 month ago | [YT] | 34

Sigma Podcast

Tibbiyotdan tashqari, yana qaysi mavzularda rukn koʻrishni istaysiz?

2 months ago | [YT] | 26

Sigma Podcast

Burgerdan Gastritgacha — Gastroentrologiya haqida uyatli savollar

Navbatdagi qahramonimiz gastroentrolog Mohinur Malikiy. Ushbu sonimizda oshqozon, ichak, jigar va o't pufagi bilan bog'liq kasalliklar, fermentlar, sog'lom ovqatlanish, fast food va shakar bizga qanday ta'sir qilishi haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/n6tXZsnBb3Q

2 months ago | [YT] | 48